HIDROTEK H20-С

Сенсорный диспенсер со встроенной четырех-ступенчатой системой обратного осмоса, для воды с 3 вариантами температуры. Производительность до 560 литров в день.
batafsil ma'lumot


Talab bo'yicha narx
Innovatsion uskuna – suv tozalagich va dispenserni o‘z ichiga olgan tizim. Dispenser sovutilgan suv (3 litr), issiq suv (1,8 litr) va tozalangan suv (5 litr) zaxirasiga ega. Yorug‘lik indikatori bilan jihozlangan qulay sensorli displey qurilmadan foydalanishni osonlashtiradi, ish jarayonlarini nazorat qiladi va kartridjlarni almashtirish vaqti kelganini eslatadi.
 

Ichimlik suvi bayonetli filtrlarga asoslangan to‘rt bosqichli teskari osmos tizimi orqali yetkazib beriladi.

Tozalash bosqichlari:

  • PP modul – yirik iflosliklarni ushlab qoladi. Har 1–6 oyda almashtirish kerak.

  • Ko‘mirli modul – organik aralashmalarni, xlorni yo‘qotadi va noxush hidlarni neytrallaydi. Har 1–6 oyda almashtirish kerak.

  • Teskari osmos membranasi (150 GPD) – viruslar, bakteriyalar, og‘ir metallarni yo‘qotadi, qattiqlik tuzlarini kamaytiradi. Har 12–24 oyda almashtirish kerak.

  • Ko‘mirli postfiltr – tozalangan suvning ta'mini yaxshilaydi. Har 6–12 oyda almashtirish kerak.
     

    Ishlash muddati boshlang‘ich suv sifatiga va shuningdek, iste’mol qilinayotgan suv miqdoriga bog‘liq.