Ichimlik suvi fontani ichiga o‘rnatilgan filtratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u ichimlik suvini xavfli iflosliklardan chuqur tozalaydi va bakteriyalar hamda parazitlardan qo‘shimcha himoya qiladi. Suvdan xlor, og‘ir metallar, pestitsidlar, neft mahsulotlari va boshqa keng tarqalgan toksinlar hamda allergenlarni olib tashlaydi, shu bilan birga suvning minerallar tarkibini saqlab qoladi. Bu tizim sifatli bo‘lmagan ichimlik suvidan kelib chiqadigan infektsion kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Fontan yuqori sifatli oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan zanglamaydigan po‘latdan va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan materiallar va qurilmalardan ishlab chiqarilgan. Korpus xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘tkir burchaklarsiz ishlangan. Tizim uchun alohida xona talab qilinmaydi, ixcham o‘lchamlari (315×320×1000 mm) uni istalgan joyga o‘rnatishga imkon beradi, suv ta’minoti tarmog‘iga ulangan bo‘lsa kifoya.
Tizim umumta’lim va tibbiyot muassasalari, sanoat korxonalari va biznes markazlarida foydalanish uchun mos keladi. Filtr 8 000 litrgacha ichimlik suvini ta’minlaydi, filtrlash tezligi – 2,0 litr/daqiqa. Resurs tugagach, faqat almashtiriladigan modullarni yangilash talab etiladi.
Almashtiriladigan modullar:


-
K3 moduli – yirik va erigan zang zarrachalarini (5 mikrongacha), og‘ir metallar va organik moddalarni dastlabki tozalaydi.
-
K7B moduli – suvni chuqur tozalaydi va dezinfeksiya qiladi, zararli aralashmalar, suyuqlikdagi qoldiqlar, xlor, og‘ir metallar, organik moddalar va bakteriyalarni yo‘qotadi.
-
K7 moduli – suvni ichimlik darajasiga yetkazadi.
Ishlash muddati boshlang‘ich suv sifatiga va shuningdek, iste’mol qilinayotgan suv miqdoriga bog‘liq.
Texnik xususiyatlari:
-
Resurs – 8 000 litr
-
Filtrlash tezligi – 2,0 l/daqiqa
-
O‘lchamlari – 315×320×1000 mm
-
Og‘irligi – 16 kg