HIDROTEK H04

Sensorli dispenser ichiga o‘rnatilgan to‘rt bosqichli teskari osmos tizimi bilan, suv uchun 3 xil harorat rejimiga ega. Kuniga 500 litrgacha samaradorlikka ega.
batafsil ma'lumot


Talab bo'yicha narx
Innovatsion uskuna, suv tozalagich va dispenserni o‘z ichiga olgan bo‘lib, turli xil turdagi suvdan foydalanish imkonini beradi. Dispenser quyidagi suv zaxiralariga ega: sovutilgan suv – 4 litr, issiq suv – 2 litr, tozalangan suv – 5 litr. Qulay sensorli displey foydalanishni osonlashtiradi, ish jarayonlarini nazorat qiladi va kartridjlarni almashtirish zarurligi haqida eslatadi.
 
Ulanish imkoniyatlariga qarab, suv quyidagi tizimlar orqali yetkazilishi mumkin: bayonetli filtrlarga asoslangan to‘rt bosqichli teskari osmos tizimi va ultrafiltratsiya orqali yoki 5 gallon (18 litrdan ortiq) hajmdagi suv idishi orqali.

Tozalash bosqichlari:
  • PP modul yirik iflosliklarni ushlab qoladi. Har 1-6 oyda almashtirish tavsiya etiladi.
  • Ko‘mirli modul organik aralashmalarni, xlorni yo‘qotadi va noxush hidlarni neytrallaydi. Har 1-6 oyda almashtirish kerak.
  • Teskari osmos membranasi (150 GPD) viruslar, bakteriyalar, og‘ir metallarni yo‘qotadi, qattiqlik tuzlarini kamaytiradi. Har 12-24 oyda almashtirish kerak.
  • Ko‘mirli postfiltr tozalangan suvning ta'mini yaxshilaydi. Har 6-12 oyda almashtirish kerak.
     
    Ishlash muddati boshlang‘ich suv sifatiga va shuningdek, iste’mol qilinayotgan suv miqdoriga bog‘liq.