Aquaphor Favorite
Filtrlash tezligi: 2,5 l/min.
batafsil ma'lumot

Aquaphor Favorit – zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan eng ixcham, universal va uzoq xizmat qiladigan oqimli filtr bo‘lib, suv quvuridagi bosim o‘zgarishlariga bardosh beradi va sizib chiqishni istisno qiladi. Kengaytirilgan modul resursi yuqori suv iste’molida ham uzoq muddat davomida toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Filtrlash tezligi – 2,5 l/min.
Ichimlik darajasigacha maksimal tozalash koaksial tuzilishga ega bo‘lgan va gradientli g‘ovaklik bilan ishlov berilgan ikki karbonblok yordamida amalga oshiriladi. Tashqi almashtiriladigan modul katta hajmdagi zang, loy va qum zarrachalarini ushlab qoladi. Ichki modul esa 1 mikrondan kichik g‘ovaklikka ega bo‘lib, hatto bo‘yoq pigmenti, tamaki tutuni zarrachalari va o‘simlik changini ham o‘tkazmaydi. Ushbu konstruktsiya modulga o‘z resursi davomida yuqori sifatli suv tozalashni saqlab qolish imkonini beradi.
Ushbu filtr ko‘p suv iste’moli uchun mo‘ljallangan: katta oila, ofis, bolalar bog‘chasi, shifoxona yoki boshqa tijorat muassasalari uchun juda mos. B150 moduli resursi – 12 000 litr.
❗️Agar sizning asosiy muammoingiz – choynakdagi toshqotgan suv (nakip) bo‘lsa, bu model mos emas. Juda qattiq suv uchun biz qayta osmos tizimlarini tavsiya qilamiz – ular qattiqlik tuzlarini to‘liq yo‘qotadi. KH modulli oqimli tizimlar esa yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi suv uchun mos keladi.
Filtr komplektatsiyasi:
-
Zanglamaydigan po‘latdan yig‘ilgan korpus
-
B150 moduli
-
G1/2 o‘tish moslamasi
-
3 mm lik prokladka
-
Toza suv uchun kran
-
Ulash quvuri
-
Konusli vtulka bilan ulash quvuri