HIDROTEK RO-75G-A03

Ultrafiltratsiya va 13 litrlik zaxira baki bilan jihozlangan olti bosqichli teskari osmos tizimi.

Ishlash hajmi – 340 litr/kun gacha
O‘lchamlari – 370 x 145 x 440 mm
batafsil ma'lumot


Talab bo'yicha narx
UF-lampa bilan jihozlangan olti bosqichli teskari osmos tizimi chuqur tozalashni ta'minlaydi va ichimlik suvini maksimal darajada dezinfeksiya qiladi. Suv tozalagich xususiy va tijorat мақсадларида фойдаланиш учун мос бўлиб, 13 litrli zaxira baki toza suv zahirasini yaratadi. Tizim kuniga 75 gallon, ya'ni 340 litrdan ortiq suvni tozalaydi.
Tozalash bosqichlari:
  • Polipropilen moduli PP-33 (10 mikron) — yirik iflosliklarni ushlab qoladi. Har 1–6 oyda almashtirish kerak.
  • Granulali ko‘mirli modul GAC-33 — organik iflosliklar, xlorni yo‘q qiladi, noxush hidlarni neytrallaydi. Har 1–6 oyda almashtirish zarur.
  • Presslangan ko‘mir moduli CTO-33 — organik moddalardan qo‘shimcha tozalashni davom ettiradi, loyqalikni kamaytiradi. Har 1–6 oyda almashtirish tavsiya etiladi.
  • Teskari osmos membranasi 75G — viruslar, bakteriyalar, og‘ir metallarni yo‘q qiladi, suvdagi qattiqlik tuzlari miqdorini kamaytiradi. Har 12–24 oyda almashtirish kerak.
  • Ichki ko‘mirli filtr T-33 — tozalangan suvning ta’mini yaxshilaydi. Har 6–12 oyda almashtirish zarur.
  • UF-sterilizator (6Vt) — bakteriyalarni to‘liq zararsizlantiradi. Lampa xizmat muddati — 6 000 soat.
     
    Ishlash muddati boshlang‘ich suv sifatiga va shuningdek, iste’mol qilinayotgan suv miqdoriga bog‘liq.