Ecosoft - universal

Universal almashtiriladigan kartrij, Yevropa va Rossiya ishlab chiqaruvchilarining ko‘pchilik filtr-kuvalariga mos keladi. Suvni aralashmalardan samarali tozalaydi, nakip hosil bo‘lishining oldini oladi hamda suvni magniy va kalsiy bilan boyitadi. Noyob Ecomix materiali O‘zbekistonda suvni tozalash bilan bog‘liq eng keng tarqalgan muammolarni hal qiladi.

Resursi — 200 litr
batafsil ma'lumot


Talab bo'yicha narx
 
Almashtiriladigan modul standart dumaloq o‘rnatish uyasiga ega bo‘lgan turli ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchilik filtr-kuvalariga mos keladi — Barrier, Aquaphor, Ecosoft. To‘plamda kartrijni diametri 5 mm dan 7 mm gacha bo‘lgan uyalarda ishlatish imkonini beruvchi adapter mavjud. Muhim (!) universal kartrijdan foydalanganda voronkada har doim oz miqdorda filtrlab ulgurilmagan suv qoladi, bu tozalangan suv sifatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
 
Ecomix filtrlovchi materiali O‘zbekistonda suvni tozalash bilan bog‘liq eng keng tarqalgan muammolarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan: xlorni neytrallash, nakipni kamaytirish, yirik aralashmalarni, qumni, organik iflosliklarni va og‘ir metallarni ushlab qolish, suvni yumshatish hamda organoleptik xususiyatlarini yaxshilash uchun. Tozalangan suv magniy va kalsiy minerallari bilan boyitiladi. Resursi 200 litr toza, mazali va xavfsiz suvga mo‘ljallangan, biroq resursi hali tugamagan bo‘lsa ham, kartrijni kamida har 30 kunda almashtirishni tavsiya etamiz.

 
ALMASHTIRILADIGAN MODULNI O‘RNATISH
 
Standart o‘lchamdagi filtrlar uchun kartrijni maxsus halqasiz voronkaga oxirigacha kiriting.
 
Katta o‘lchamli lеykali filtrlar uchun maxsus halqani mahkamlab, kartrijni lеykaga oxirigacha joylashtiring.
Rezbali ulanishga ega filtrlar uchun kartrijni maxsus halqasiz voronkaning pastki qismidan burab o‘rnating.

 
 
ALMASHTIRILADIGAN MODULNI ALMASHTIRISH
 
  1. Eski kartrijni olib tashlang.
  2. Filtr qismlarini yaxshilab yuving.
  3. Yangi kartrijni 5–10 daqiqa davomida suvga botiring, ichidagi havoni chiqarish uchun uni yengil silkitib turing.
  4. Yangi kartrijni lеykaga oxirigacha joylashtiring.
  5. Tozalangan suvning dastlabki ikki hajmini to‘kib yuboring.
  6. Kartrij foydalanishga tayyor.