Ecosoft BB20 - FPV4520ECOGR
Ish unumdorligi: 80 l/min gacha
O‘lchamlari: 77 × 56 × 25 sm
batafsil ma'lumot
Yuqori sifatli polipropilendan tayyorlangan, ayniqsa mustahkam magistral filtr korpusi sovuq suvni har qanday manbadan — markaziy vodoprovod, quduq yoki yomg‘ir suvidan — turli xil aralashmalardan tozalash uchun mo‘ljallangan. Yuqori unumdorligi (80 l/min gacha) filtrni xususiy va tijorat maqsadlarida qo‘llash imkonini beradi. Tozalangan suv 7 kishiga yetarli bo‘ladi. Filtr juda ixcham — 77 × 56 × 25 sm — va o‘rnatish uchun alohida xona talab qilinmaydi.
Ecosoft magistral filtrlari texnik xususiyatlari.pdf
Almashtiriladigan modul turiga qarab, filtr qum, loyqa, zang, xlor va xlororganik birikmalar, vodorod sulfidi, temir kabi aralashmalarni samarali tozalaydi va neytrallaydi, shuningdek sanitariya uskunalarida zang va cho‘kma izlari hosil bo‘lishining oldini oladi. Tozalashdan so‘ng suvning rangi va hidi yaxshilanadi, suv tiniq bo‘ladi. Filtr korpusiga 20" seriyadagi istalgan boshqa ishlab chiqaruvchi kartujlari mos keladi. Filtrning sifatli ishlashi uchun almashtiriladigan modulni har 4–6 oyda muntazam almashtirib turish zarur.
TEXNIK XUSUSIYATLAR
Kartrij turi: 4,5" × 20"
Ulanish diametri: 1" BSPP
O‘lchamlari: 77 × 56 х 25 sm
Maksimal unumdorlik: 83 l/min
Ish bosimi: 2–6 bar
Ish harorati: 5–40 °C